06 sen 14:50
Yangiliklar
Tennis

Alkaras Jokovichni barcha qoplamali kortlarda yutgan beshinchi tennischiga aylandi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Karlos Alkaras AQSH Ochiq chempionatining 1/2 finalida reytingning ettinchi pog'onasida borayotgan serbiyalik afsona Novak Jokovichdan ustun keldi.
Bu bilan ispaniyalik raketka ustasi Jokovichni barcha - xard, grunt (tuproq) va maysa qoplamali kortlardagi ATP turnirlarida mag'lubiyatga uchratgan tarixdagi beshinchi tennischiga aylandi.
Opta statistik operatorining X ijtimoiy tarmog'i orqali xabar berishicha, Novak Jokovichni Karlos Alkarasgacha shveycariyalik Rojer Federer, ispaniyalik Rafael Nadal, britaniyalik Endi Marrey va amaldagi o'yinchilardan duyoning birinchi raketkasi italiyalik Yannik Sinner barcha qoplamali kortlarda mag'lub etishga muvaffaq bo'lgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar