10 jan 13:17
Yangiliklar
Tennis
Alkaras va Sinner Koreyaga tashrifdan mo'maygina pul ishlab oladi
Dunyoning birinchi va ikkinchi raketkalari Koreya Respublikasidagi ko'rgazmali maqomdagi o'yinlar uchun qancha haq olishi malum bo'ldi.
Tennischilarning har biri taxminan 2 million evro miqdorida gonorar oladi. Bu haqda Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri ishonchli manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Uchrashuv bugun, 10 yanvar kuni Incheon shahridagi Inspire arenada bo'lib o'tadi.
Taqqoslash uchun, bir necha kundan so'ng start oladigan Australian Open 2026 finalchisi bu yil 1,4 mln dollar, chempion 2,8 mln dollar mukofot puli ishlab oladi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar