So’nggi yangiliklar

19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0 18:50Рамазон Темиров: "Зарбаларим аниқроқ борганида, Стив бундан ҳам оғирроқ нокаут бўлиши мумкин эди" 0 18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0

11 apr 22:31
Yangiliklar

Kurash

"Alpomish" qaytdi Surxonga FOTOGALEREYA

Teglar :  At-TermiziyKurash
Ikki kun davomida Termiz shahrida kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al Hakim at-Termiziy xotirasiga bag'ishlab xalqaro turnir o'tkazildi.

XV xalqaro turnirining kechagi bahslarida erkaklar -81, -90 kg., ayollar -48, -57, -63 hamda 70 kg.  vazn toifalarida kuch sinashishgan bo'lsa, bugun, 11 aprel kuni erkaklar o'rtasida -60, -66, -73 kg. hamda mutlaq vazn toifasida kuchlilar aniqlandi. Ayollar o'rtasida esa +70kg. vaznda g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi.

Musobaqaning yarim final va final baxslariga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, kurashchilarning har bir chiqishlarini muxlislar chuqur hayojon bilan kuzatib borishdi.

Ayollar o'rtasidagi +70 kg vazn toifasidagi final bellashuvida o'zbekistonlik Pokizaxon Kamoliddinova Qozog'iston vakilasi Azman Amaevani "yonbosh" bahosi bilan mag'lub etib, birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Erkaklar o'rtasidagi 60 kg. vazn toifasi finalida Abdulaziz Hamroev (O'zbekiston) va Muhammadrizo Quvvatov (Tojikiston)lar ro'baro' bo'lishdi. Mazkur vaznda Muhammadrizo Quvvatov bir yonbosh bahosi bilan turnirning 60 kg. vaznida birinchi bo'ldi. 

66 kg.lik polvonlar o'rtasidagi o'zaro bellashuvlarning finalida Qobiljon Ahmedov (O'zbekiston) va Otabek Amiraliev (Qozog'iston) kurash tushishdi. "Halol" bahosi bilan hamyurtimiz Qobiljon Ahmedov ustun keldi.

70 kg. vazn toifasidagi finalda Umidjon Abdullaev (O'zbekiston) hamda Sobir Saparboev (Qozog'iston) o'zaro kuch sinashdi. Mazkur vaznda qozog'istonlik Sobir polvon bitta "chala" bahosi bilan raqibini orta qoldirib, oltin medalni o'ziniki qildi. 

Barcha birdek orzuqib kutgan mutlaq vaznda esa O'zbek polvoni, surxondaryolik nomdor kurashchi Muhsin Hisomiddinov qo'shni tojikistonlik polvon Dadaxon Qurbonaliev bilan kuch sinashdi. O'rtadagi hakam hindistonlik Ravi Kapurning tojikistonlik polvonga ko'rsatgan "tanbeh" va "dakki" bahosi evaziga Muhsin polvon turnirning mutlaq chempioniga aylandi.

SHu tariqa navbatdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al-Hakim at-Termiziy xotirasi bag'ishlangan XV xalqaro turnir yakunlandi. 

Quyida bugun 11 aprel kunggi g'olib va sovrindorlar bilan tanishing. 

Ayollar o'rtasida 70 kg. vazn toifasidagi g'oliblar:

1. Pokizaxon Kamolliddinova (O'zbekiston) 

2. Azman Amaeva (Qozog'iston)

3. Filura Ergasheva (O'zbekiston)

3. Vladleno Guseva (Rossiya)

Erkaklar o'rtasida 60 kg. vazn toifasidagi g'oliblar:

1. Muhammadrizo Quvvatov (Tojikiston) 

2. Abdulaziz Xamraev (O'zbekiston)

3. Akobir Qurbonov (O'zbekiston)

 3. Kanat Seylxan (Qozog'iston)

Erkaklar o'rtasida 66 kg. vazn toifasidagi g'oliblar:

1. Qobiljon Ahmedov (O'zbekiston) 

2. Atabek Amirali Xamraev (Qozog'iston)

3. Ruslan Bo'riev (O'zbekiston)

3. Muhammad Yusuf SHuayb (Afg'oniston)

Erkaklar o'rtasida 73 kg. vazn toifasidagi g'oliblar:

1.Sobir Saparbaev (Qozog'iston) 

2.Umidjon Abdullaev (O'zbekiston)

3. O'rol Sodiqov (O'zbekiston)

3. Xusayni Ilsoqzoda (Tojikiston)

Erkaklar o'rtasida mutlaq vazn toifasidagi g'oliblar:

1. Muhsin Xisomiddinov (O'zbekiston) 

2. Dadaxon Qurbonaliev (Tojikiston)

3. Yahyo Imomov (O'zbekiston)

3. Nematullo Asrankulov (Tojikiston)

Xalqaro turnirda o'z vazn toifalariga ko'ra, birinchi o'rinni olgan polvonlar 3 ming, ikkinchi o'rin ikki ming va ikkita uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan polvonlarning har biri 1000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot bilan taqdirlandi. 

Mutlaq vazn toifasidagi kurashda Muhsin Hisomiddinov (O'zbekiston) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 10  ming AQSH dollariga sazovar bo'ldi. 

Ikkinchi o'rinni egallagan tojikistonlik Dadaxon Qurbonalievga 5 ming AQSH dollari pul mukofoti berildi. Uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan o'zbekistonlik Yahyo Imomov va tojikistonlik Nematullo Arslanqulovlarning har biriga 3 ming 500 AQSH dollari miqdoridagi sovrin nasib etdi.

Mutlaq vaznning g'olib va sovrindorlariga atalgan pul mukofotlari, sertifikat va medallarni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari Behzod Musaev, Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolov hamda  Xalqaro kurash associaciyasi prezidenti Haydar Farmon tantanali ravishda topshirdi.

Alimurod Mamadaminov, Ilhom RAHMONOV Termiz shahridan tayyorlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing