So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

19 apr 07:32
Yangiliklar

Boshqalar, Bolalar sporti

“Alpomish va Barchinoy”: Kollejda test-meyorlari qabul qilindi

Malumki, o'smirlikning ayni depsingan pallasi 15-16 yoshdan nomoyon bo'la boshlaydi.

Bunday paytda farzandlarimizning bo'sh vaqtlarini biror-bir foydali mashg'ulot sari yo'naltirish har birimizning vazifamiz. Birgina jismoniy tarbiya va sport bilan oshno bo'lishi  ularning turli salbiy illatlardan himoya qilibgina qolmay, aksincha sog'lom, jismonan kuchli va manaviyati yuksak bo'lib kamol topishida xizmat qilishi bor gap.

Talim muassasalarida tahsil olayotgan o'quvchi-yoshlarning darslardan bo'sh paytlarini mazmunli o'tkazishda tashkil etilgan to'garaklarning o'rni ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

CHirchiq texnika kasb-hunar kollejida ayni paytda 1500 nafardan ortiq o'quvchilar turli kasb-hunarlar bo'yicha tahsil olishadi. Kollej hovlisidagi batartib mini-futbol, engil atletika kabi sport maydonchalari, keng va shinam sport zali doim o'quvchilar bilan gavjum. 

Boisi, yuqorida takidlaganimizdek, sportning voleybol, engil atletika, basketbol, stol tennisi, shaxmat to'garaklari  muntazam ishlab turibdi. To'g'ri, mazkur tashkil etilgan to'graklarda ishtirok etayotgan o'g'il-qizlar professional sportchi darajasiga ko'tarilmas, biroq sog'lom turmush tarzini teranroq anglab borishi shubhasiz. 

Qolaversa, muntazam mashg'ulotarda ishtirok etayotgan sportchi-o'quvchilar  turli darajadagi sport bellashuvlarida muvaffaqiyatlarga erishishlari uchun  sabab bo'lishi yanayam quvonarli. 

Kishi jismoniy holatini aniqlashda “Alpomish va Barchinoy” test-meyorlarining o'rni beqiyos. SHu bois har yili bahor faslida mazkur test-sinovlarini o'quvchi va o'qituvchilar ishtirokida qabul qilinishi kollejda odat tusini olgan. 

Kuni kecha kollejning mehnat jamoasi va o'quvchilari uchun test sinovlar qabul qilindi. “Alpomish va Barchinoy” test-sinovlari dasturiga muvofiq shu kuni imkoniyatdan kelib chiqib 100 metrga yugurish, turgan joydan uzunlikka sakrash, granta uloqtrish, turnikda tortilish va yotgan holda tanani ko'tarish (Press) bo'yicha meyorlar aniqlandi. 

Kollej direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Viloyat Davletova raisligida  jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari Abdilhakim Jumaev (katta o'qituvchi, hakam) Omongul Yusupbaeva (Jismoniy tarbiya rahbari, bosh hakam),  Rustamjon Gemaev (hakam) va boshqa masullardan iborat  o'qituvchilar har bir qatnashchining bajargan test-meyorlarini baholab borishdi.  

Maxsus test-sinovlarini topshirish jarayoni chin manoda shu kuni sport bayramiga aylanib ketdi. Bu ham bo'lsa qaysidir manoda  keng jamoatchilik orasida jismoniy tarbiya va sportning ommalashishiga, yanada qiziqishi ortishiga olib kelishi bor haqiqat. Kollejda tahsil olayotgan o'quvchilar, ishchi-xodimlar endi o'z jismoniy holatini biladi. 

“Alpomish va Barchinoy” ning yoshga doir talabini bajarolmagan ishtirokchi jismoniy nuqsonini yaxshilash uchun sport maydonchasi tomon oshiqsa, bajargan ishtirokchi keyingi mavsumda yanayam yaxshiroq natija ko'rsatish uchun u ham sport maydonchalari tomon qadam tashlashi bor gap. 

To'g'rida, kim hohlaydi 100 metr masofaga yugurishda hammadan ortda qolishga, kim hohlaydi turnikda zo'rg'a bir yoki ikki bor tortilishni, menimcha hech kim. 

Demak, jismoniy holatimizni aniqlash va yaxshilash sari sport maydonlari tomon yurishni unutmaylik. 

Zero, jismoniy sog'lomlik manaviy boylik bilan uyg'unlashganda barkamol inson bo'lishimiz allaqachonlar isbotini topgan.      


Ilhom Rahmonov tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing