So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

09 apr 20:14
Yangiliklar

Kurash

Alpomish yurtida Alplar jam bo'ldi FOTOREPORTAJ

Teglar :  At TermiziyKurash
Xabaringiz bor, 9-11 aprel kunlari Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Kurash bo'yicha Al-Hakim At-Termiziy xotirasiga bag'ishlangan ananaviy XV Xalqaro turnir musobaqasi bo'lib o'tadi.

Bugun kunning birinchi yarmida Termiz xalqaro aeroportida turnir ishtirokchilari, OAV vakilari tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi. SHuningdek, Tojikiston (11 nafar) hamda Afg'oniston (12 nafar) jamoalarini Sarosiyo va Termiz tumani Xayraton chegara postlaridan ham kutib olindi.

Takidlanishicha, xaloqaro turnirda 150 nafardan ortiq polvonlarning ishtirok etishi ko'zda tutilgan.

Bugun kunning ikkinchi yarmida  ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Termizdagi Matbuot uyida OAV xodilari uchun matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Anjumanda Surxondaryo viloyat hokimining turizm va sport masalalari bo'yicha maslahatchisi Jo'rabek To'raev, O'zbekiston kurash federaciyasi  raisining birinchi o'rinbosari, zamonaviy kurash qoidalari asoschisi Komiljon Yusupov, Xalqaro kurash associasiyasi texnik direktori Rizo Nosiriylar ishtirok etishdi. Anjuman ishtirokchilari jurnalist va blogerlarning qiziqtirgan  savollariga  atroflicha javoblar berishdi.

Turnir dasturiga muvofiq, kechki payt hakamlar uchun seminar va polvonlar ishtirokida vazn o'lchash hamda “Surxon” mehmonxonasida qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Ertaga 10 aprel kuni Termiz shahridagi “Alpomish” o'yingohida Xalqaro turnirga start beriladi.

SHuningdek, ertaga turnir ishtirokchilari uchun tashkilotchilar tomoindan diqqatga sazavor joylarga turli sayyohatlar ham uyushtiriladi.

Bu esa yurtimizda sport va turizmni rivojiga munosib xizmat qilishi bor gap.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, Termiz 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing