So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

06 okt 11:29
Yangiliklar

Kurash

“Alpomish”da besh qitaning alplari

Teglar :  Kurash
Yurtimizda o'tkazilayotgan xalqaro sport musobaqalari katta xalq shodiyonasiga aylanayotganligi keyingi paytda ananaga aylanmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo'yicha al Hakim at Termiziy xotirasiga bag'ishlangan XIV xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimi ham shunday bo'ldi. Musobaqa tom manoda mamlakatimizga, ming-minglab kurashsevarlarga hayajonli bellashuvlar shodligini, betakror kurash usullari zavqini olib kelish bilan birga, milliy sportimizning xalqaro maydondagi rivojini yangi bosqichga olib chiqdi. 

Faxriy polvonlarimizning ota-bobolarimizga xos tarzda keng quloch yozib davra aylanganlari, kurashning qadimiy ananalarini ko'z-ko'z etuvchi chiroyli usullarni namoyish etishi, kurashimizning ikkinchi qanoti bo'lgan belbog'li kurashchilarning ko'rgazmali chiqishlari, dumbira, chanqovuz va milliy sanatimiz guldastalarining o'ziga xos betakror jozibasi ko'ngillarga olam-olam taaassurotlar “Alpomish” stadioniga yig'ilgan ming-minglab ishqibozlarga zavq bag'ishladi.    

Xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolov, O'zbekiston kurash federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Komiljon Yusupov musobaqa ishtirokchilariga omad tilab, stadionga yig'ilgan ishqibozlarga chiroyli kurash usullarini tamosha qilib, madaniy xordiq chiqaprishlarini tilashdi. 

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, “Uch yarim ming yillik tarixga ega bo'lgan kurashimiz xalolligi, adolat tamoyillariga asoslangani uchun ham dunyoda keng rivojlanmoqda. Ayniqsa, milliy kurashimizning Osiyo o'yinlariga kiritilganligi xalqimizning sport dunyosidagi o'lkan yutug'i bo'ldi. 2015 yilgacha dunyoda O'zbek kurashi bilan shug'ullanganlar olti yuz ming atrofida edi. Bugunga kelib, jahonda 15 milliondan ziyod sportchi kurashimiz bilan shug'ullanayotganligini alohida etirof etmoq lozim”, deya takidladilar.  

Haqiqatan, milliy sportimizga davlatimizning alohida etibori hamda xalqaro sport maydonida uning rivoji tizimli olib borilishi natijasida O'zbek kurashi jahon sport olamida o'z o'rniga ega bo'lib bormoqda.


Reyting:    

Fikrlar

   
06 okt 18:52:16
holis1956
алпомишларга келди йор булсин

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing