27 iyu 16:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares Derevyanchenkoga moliyaviy taklif bilan chiqdi
O'rta vazn toifasida jahon chempioni Saul “Kanelo” Alvaresning jamoasi Sergey Derevyanchenkoga moliyaviy taklif bilan chiqdi.
Aynan ukrainalik bokschi Alvaresning IBF chempionlik kamariga rasmiy davogar hisoblanadi. Hozirda Derevyanchenkoning menejer va promouterlari bu taklifni o'rganib chiqmoqda. DAZN striming servisi ham Saulga raqib sifatida Sergey Derevyanchenko nomzodini maqul ko'ryapti.
SHuningdek, Alvaresning promouterlari yarim og'ir vaznda WBO chempioni Sergey Kovalyov bilan ham muzokaralarni davom ettirmoqda. Faqat rossiyalik jahon chempioni birinchi galda Entoni Yarddan kamarini himoya qilishi shart. Yard Kovalyov kamariga rasmiy davogar hisoblanadi.
Havola :
Fikrlar