21 mar 11:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares Golovkindan keyin irlandiyalik bokschi bilan jang qilmoqchi
Meksikalik bokschi Saul “Kanelo” Alvares qozog'istonlik jahon chempioni Gennadiy Golovkinni mag'lub eta olsa, sentyabr oyida ringga ko'tariladi.
Alvares va Golovkin o'rtasidagi chempionlik revansh jangi 5 may kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Agar Alvares bo'lajak jangda g'alaba qozonsa, u holda sentyabr oyida Gari O'Sallivanga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o'tamiz, Alvares va Golovkin o'rtasidagi ilk jang o'tgan yilning sentyabr oyida o'tkazilib, unda durang natija qayd etilgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar