09 iyu 17:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares IBF kamaridan mahrum qilinishi mumkin
Professional boksning o'rta vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni bo'lib turgan Saul Alvares IBF kamaridan mahrum bo'lishi mumkin.
Xalqaro boks federaciyasi (IBF) meksikalik jahon chempioniga IBF kamariga rasmiy davogar Sergey Derevyanchenkoga qarshi himoya jangini o'tkazish majburiyatini qo'ygandi. Lekin Saulning jamoasi 15 iyungacha belgilangan so'nggi muddatgacha ham ukrainalik bokschi bilan muzokaralarga kirishmadi.
Agar IBF Alvaresni chempionlik kamaridan mahrum qilsa, u holda ushbu vazn reytingining yuqori qismida joylashgan Sergey Derevyanchenko va Gennadiy Golovkin vakant bo'lib qolgan kamar uchun o'zaro jangda ringga ko'tariladi. Alvares esa yarim og'ir vazn toifasi chempioni Sergey Kovalyov bilan jang qilishga urinmoqda.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar