27 iyu 10:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares Kovalevga qarshi jang qiladi
O'rta vazn toifasida WBA, WBC, IBF kamarlari sohibi Saul Alvares yarim og'ir vazn toifasida WBO chempioni Sergey Kovalevga qarshi ringga ko'tariladi.
Xabarlarga qaraganda jang 19 yoki 26 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Bahsga Las-Vegas shahri mezbonlik qiladi.
Eslatib o'tamiz, Kovalev 24 avgust kuni Entoni Yardga qarshi ringga ko'tarilishi lozim. Saul esa sentyabrda bo'lishi kerak bo'lgan jangidan voz kechganini malum qilgandi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar