04 jan 13:11
Yangiliklar
Alvares operaciya oqibatlari sabab kamar uchun jangdan bosh tortdi
Ushbu chempionlik kamari yaqinda faoliyatini mag'lubiyatsiz yakunlagan Terens Krouforddan keyin vakant, yani egasiz qolgandi. Bu haqda Bloody Elbow nashri xabar bermoqda.
Avvalroq IBF Alvares va majburiy davogar, kubalik mag'lubiyatsiz Osleys Iglesias bo'sh qolgan kamar uchun jang tashkil etilishi haqida xabar bergandi. Ammo 2025 yilning sentyabrida aynan Krouforddan uchralgan mag'lubiyatdan keyin tirsagini operaciya qildirgan Alvares reabilitaciya tufayli ushbu jangni o'tkazib yuborishga majbur bo'lmoqda.
SHu tariqa, supero'rta vazn toifasida vakant bo'lib turgan IBF kamari uchun Iglesiasga qarshi jang uchun navbatdagi ehtimoliy davogar Saulning hamyurti Xayme Munguia bo'ladi. IBF reytingida keyingi o'rinni egallab turgan Munguia 2024 yilning may oyida "Kanelo"ga yutqazgan edi.

Fikrlar