17 mar 20:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares - Sonders jangi ham qoldirildi
Koronavirus sabab bekor bo'layotgan yoki nomalum muddatga qoldirilayotgan musobaqalar, janglar soni ortib bormoqda.
Jumladan, bugun o'rta vazn toifasida WBA chempioni, meksikalik Saul Kanelo Alvares hamda WBO chempioni Billi Jo Sonders o'rtasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangi ham nomalum muddatga ko'chirilgani malum qilindi.
Xabarda aytilishicha, jang iyun oyining o'rtalarida o'tkaziladi. Aslida ushbu jangning 2 may kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tishi belgilangan edi.
Malumot uchun, 29 yoshli Alvares prof ringdagi faoliyati davomida 53 ta jangda g'alabaga erishgan. Hisobida bitta mag'lubiyat va ikkita durang bor. Billi Jo Sonders esa hali mag'lubiyat alamini totib ko'rmagan. U 29 ta jangining barchasida g'alaba (14 nokaut)ga erishgan.
Havola :
Fikrlar