06 mar 18:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares va Golovkinga ajoyib taklif berildi
Saul Alvares va Gennadiy Golovkin uchinchi marta ringda to'qnash kelishlari mumkin.
BoxingScene nashrining xabar berishicha, DAZN har ikki bokschiga ham katta miqdorda gonorar taklif qilgan. Agar chempionlar bu taklifga rozilik berishsa, jang shu yilning sentyabr oyida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi ilk jangda durang natija, ikkinchi bahsda esa Saul g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar