11 iyu 09:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvaresning jamoasi Kovalyovni ko'ndira olmayapti
Golden Boy promouterlik kompaniyasi yarim og'ir vazn toifasida jahon chempioni rossiyalik Sergey Kovalyovning jamoasiga yana bir taklif bilan chiqdi.
Oskar De La Xoyyaga tegishli Golden Boy promouterlik kompaniyasi o'rta vaznda uchta yo'nalish chempioni bo'lib turgan Saul Alvaresning ishini yuritadi. Golden Boy qanday bo'lmasin Alvaresning Kovalyovga qarshi jangini tashkil qilmoqchi.
Avvalroq bildirilgan bu taklifga Kovalyov jamoasi rad javobini bergan edi. Bu safar Golden Boy Sergeyga yanada yaxshilangan taklif bilan chiqdi. Rossiyalik jahon chempionining promouterlari DAZN striming plaftormasidan faqat Alvares emas, Kovalyovning boshqa janglari uchun ham shartnoma talab qilyapti.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar