23 jan 10:53
Yangiliklar
Tennis
Amaldagi Australian Open chempionining 1/2 finaldagi raqibi malum bo'ldi
Tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining erkaklar o'rtasidagi bahslarida yarim final ishtirokchilari malum bo'ldi.
Dunyoning 20-raketkasi bo'lib turgan amerikalik Ben SHelton 1/4 finalda ATP reytingining 55-pog'onasida borayotgan italiyalik Lorenco Sonegoni to'rt set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 7/5, 4/6, 7/6(4). Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0.
Uch soatu 50 daqiqa davom etgan bahsda SHelton 9, Sonego 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik ham Ben tomonida bo'ldi - 3 ga 2. SHelton faoliyatida ikkinchi bor "Katta Dubulg'a" turniri finalida o'ynaydi. Uning final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvdagi raqibi musobaqaning amaldagi chempioni, dunyoning birinchi raketkasi italiyalik Yannik Sinner bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar