04 fev 08:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Amanda Nunes faoliyatini yakunlash haqida o'ylayapti
Ikki vaznda UFC chempioni Amanda Nunes sobiq jahon chempioni Xolli Xolmga qarshi oktagonga chiqishga tayyor ekanligini malum qildi.
Lekin undan ham muhimi, u faoliyatini yakunlash haqida o'ylay boshladi.
“Onamni yo'qlash uchun borganimda u menga shunday dedi: “Sportda barchasiga erishib bo'lding, ikki vaznda jahon chempionisan, faoliyatingni mana shunday yuqori notada yakunlashing kerak”.
Balki, yana bitta chempionlik jangi va undan keyin ketarman. Oila qurish fursati ham etdi. Ko'ramiz, yaqin kunlarda o'z qarorimni elon qilaman”, - dedi Nunes.
Havola :
Fikrlar