07 jan 09:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Amanda Nunes sparringda faqat erkaklarga qarshi jang qiladi
UFC chempioni Amanda Nunesning murabbiyi Konan Silveyraning aytishicha, sportchi mashg'ulotlarda erkaklar bilan ishlaydi.
"Bizda shunday reja borki, Amanda har qanday vaziyatga yaxshi tayyorlandi. Raqib ochilganda u xavfli sportchiga aylanadi.
U qizlarga qarshi sparring janglar o'tkazmaydi. Faqat erkak sportchilar bilan jang qiladi. Bazi sportchilar u bilan shug'ullanishni istamaydilar, chunki u qattiq zarba beradi. U erkaklardek kuchga ega", - dedi Silveyra.
Eslatib o'tamiz, Amanda Nunes UFC 232 turnirida Kris Sayborgni nokutga uchratib, ikki vazn toifasida chempionlik kamariga ega chiqqan ilk ayol sportchiga aylandi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar