26 dek 12:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Amerikalik mashhur bokschi mutloq jahon chempionini ringga chorladi
Professional boksning birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni Aleksandr Usik bilan jang o'tkazish istagini yana bir taniqli bokschi bildirdi.
Amerikalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Jarrell Miller ukrainalik jahon chempioniga qarshi ringga ko'tarilishga tayyor ekanligini malum qildi.
“Agar Usik o'zi aytganidek, superog'ir vazn toifasiga o'tsa, u holda uning birinchi raqibi men bo'lishim kerak. Lekin uning gavda tuzilishi superog'ir vazn uchun etarli emas. Unga ancha vaqt kerak. Ammo, men uchun har qanday holatda ham Usikka qarshi jang o'tkazish qiziq bo'ladi”, - dedi Miller.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar