07 may 18:52
Yangiliklar

Amerikalik sportchiga yong'inlar tufayli yo'qotgan 10 ta olimpiya medali nusxalari topshirildi
Avvalroq xabar berilganidek, AQSH terma jamoasining sobiq suzuvchisi Geri Xoll tabiiy ofat tufayli Los-Anjelesdagi uyidan va u erdagi 10 ta medalidan ayrilgan edi.
Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi (XOQ) 50 yoshli Xollni Lozannaga taklif qildi. U erda tashkilot rahbari Tomas Bax shaxsan uning yo'qolgan medallarining nusxalarini topshirdi.
"Bu juda hayajonli holat, so'z bilan ifoda etish qiyin. Bunday qiyin holatda ko'rsatgan yordami uchun Olimpiya harakatiga minnatdorlik bildiraman", — dedi Xoll.
Xoll 1996 yildan 2004 yilgacha bo'lgan Olimpiya o'yinlarida 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo'lga kiritgan. Uning otasi katta Geri Xoll ham sportchi bo'lib, 1968, 1972 va 1976 yillarda Olimpiya o'yinlarida 3 ta medal qo'lga kiritgan.
Fikrlar