05 jan 09:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq UFC chempioni Puerto-Rikoda boks bo'yicha jahon chempionligi uchun ringga chiqdi
Puerto-Rikoning San-Xuanda shahrida professional boks oqshomi bo'lib o'tdi.
Turnir doirasida engil vazn toifasida (61,2 kg gacha) WBA chempioni, amerikalik Stefani Xan (11-0, 3 KO) sobiq UFC chempioni Xolli Xolm (34-2-3, 9 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
Ettinchi raundda tasodifiy bosh to'qnashuvi tufayli jang to'xtatildi. Hakamlar yozuvlari hisoblanganidan so'ng, Xan bir ovozdan (69-65, 69-64, 68-65) g'alaba qozongani oydinlashdi.
Malumot uchun, amerikalik 44 yoshli Xolli Xolm 2002 yilda professional ringda debyut qilgan. 2013 yilda boksdagi faoliyatini yakunlab, UFC`ga o'tgan. Oradan 12 yil o'tib, u yana boksga qaytdi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar