03 jan 12:41
Yangiliklar
Ikki chempion Xolli Xolm va Stefani Xan taroziga chiqdi
Oqshom ishtirokchilari rasmiy tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Ayollar o'rtasida WBA chempioni Stefani Xan sobiq UFC chempioni, boks bo'yicha bir necha chempionlik kamarlari sohibi Xolli Xolmga qarshi ringga ko'tariladi.
Ikkala bokschi ham birinchi urinishdayoq engil vazn toifasi (61,2 kg) limitini bajarishdi. Har ikki chempion tarozida bir xil ko'rsatkich qayd etdi - 61,1 kg.
Eslatib o'tamiz, 44 yoshli Xolli Xolm (34-2, 9KO) aralash yakkakurashlarda 12 yillik faoliyatidan so'ng 2025 yilning yozida boks ringiga qaytgandi. Tanaffusdan keyingi birinchi jangida u shu paytgacha mag'lubiyatga uchramagan Yolanda Vegani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi.
35 yoshli Xan (11-0, 3KO) ham raqibi kabi kikboksingda faoliyatini boshlagan va 30 yoshdan keyin boksga o'tgan. U o'tgan yilning boshida WBA chempionlik kamarini qo'lga kiritgan va uni bir marta himoya qilishga ham muvaffaq bo'lgan.

Fikrlar