21 iyu 17:13
Yangiliklar
![](/upload/storage/449_220.jpg)
Amir Xon bir yondi-yu o'chdi
2004-yilgi Afina Olimpiadasida Buyuk Britaniya terma jamoasi tarkibida kumush medalga ega bo'lgan istedodli sportchi AIBA tomonidan professional bokschilarga yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishga ruxsat berilganidan so'ng tarixiy vatani nomidan nufuzli musobaqada ishtirok etish tashabbusi bilan chiqqan, buni Pokiston Boks federaciyasi ham qizg'in qo'llab-quvvatlagandi.
Ko'pchilikni taajjubga solgan qarorni Amir Venesuelada o'tadigan olimpiya o'yinlariga saralash turniriga puxta tayyorlana olmasligi bilan izohladi. Bo'lajak musobaqa iyul oyining dastlabki haftasida boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, 29 yoshli sportchi joriy yilning 7 may kuni o'rta vazn
toifasining WBC yo'nalishi chempioni Saul Alvaresga (46-1-1) qarshi ringga chiqib,
oltinchi raundda og'ir nokautga uchragan edi.
Fikrlar