22 iyu 13:02
Yangiliklar
Futbol
Amirbek Saidov bugun Serbiyaga jo'nab ketadi. Uning yangi jamoasi malum
Evropada to'p tepadigan legionerlarimiz soni yana bittaga ko'paymoqda.
O'tgan yili U-17 Jahon chempionatida porlagan Amirbek Saidov faoliyatini Serbiyada davom ettiradi. Futbolchi katta ehtimol bilan Serbiya Oliy ligasiga qaytgan "OFK Belgrad" klubi safiga borib qo'shiladi. U bugun Serbiyaga jo'nab ketadi.
Malumot uchun, hujumchi joriy mavsum "Bunyodkor" libosida 6 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta assist qayd etdi. O'zbekiston kubogida 2 ta o'yinda 1 ta gol urdi.
Havola :
Fikrlar