11 may 23:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Amirxon Alixo'jaevning braziliyalik raqibiga qarshi jangi bir raund ham davom etmadi
Octagon 72 turnirining ikkinchi asosiy jangi yakunlandi.
Unda engil vazndagi o'zbekistonlik MMA jangchisi Amirxon Alixo'jaev (12-5) Braziliya vakili Manuel dos Santosga qarshi oktagonga chiqdi va birinchi raundning o'zida raqibini nokaut orqali taslim etdi.
SHunday qilib, 26 yashar "Qo'qon sheri" faoliyatidagi 17-jangida 12-g'alabasini qo'lga kiritdi. Manuel hisobida esa endi 12 ta g'alabadan tashqari 7 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar