10 mar 18:26
Yangiliklar
Futbol

Amorim: "MYU hech qachon o'lmaydi, bu aniq"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Arsenal"ga qarshi (1:1) APLning 28-tur uchrashuvi oldidan va o'yin vaqtida klub muxlislari tomonidan uyushtirilgan noroziliklarga izoh berdi.
"Ushbu klub hech qachon o'lmaydi, bu aniq. Buni nafaqat stadionda, balki ko'chada ham his qilasiz. Lekin siz ham bilasizki, bu katta biznes. Ehtimol, bu ligadagi barcha muxlislar bazida o'yinlarga borish uchun chipta sotib olish qiyinchilik tug'dirayotganini sezgan bo'lsalar ham kerak", – dedi Amorim.
Avvalroq MYU muxlislari norozilik namoyishi o'tkazgani haqida xabar berilgan edi.
Havola :
Manba : Sky Sport
Fikrlar