14 dek 10:31
Yangiliklar
Og'ir atletika
Amriddinov kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida debyut qildi
Kolumbiyada o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasining yana bir vakili o'z ishtirokini yakunladi.
Bu yil yoshlar toifasidagi musobaqalarda porlagan hamyurtimiz SHarofiddin Amriddinov -102 kg vazn toifasida ishtirok etdi.
Yurtdoshimiz dast ko'tarishda 172 kg, siltab ko'tarishda 197 va ikki kurashda 369 kg bilan umumiy hisobda 13-natijani qayd etdi. Mazkur yo'nalishda g'oliblik ikki kurashda 391 kg natija ko'rsatgan qatarlik Olimpiada chempioni Fares Elbaxga nasib etdi.
Og'ir atletika bo'yicha JCH. Erkaklar, -102 kg:
1. Fares Elbax (Qatar) – 391 (174+217) kg
2. Rizo Dehdar (Eron) – 390 (177+213) kg
3. Samvel Gasparyan (Armaniston) – 389 (175+214) kg ...
13. SHarofiddin Amriddinov (O'zbekiston) – 369 (172+197) kg
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar