23 jan 10:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Ana xolos! Jastin Getji yakshanba tongida Pimblett bilan jang qila olmasligi mumkin
25 yanvar tongida AQSHning Las-Vegas shahrida MMA bo'yicha UFC 324 turniri o'tkaziladi.
Musobaqaning asosiy bellashuvida amerikalik Jastin Getji Angliya vakili Peddi Pimblettga qarshi oktagonga ko'tarilishi belgilangan.
Biroq xorijiy OAVlarda tarqalgan xabarlarga ko'ra, UFC shifokorlari Jastinning bo'yin qismidagi kichik jarohat yaqin bir kun ichida yaxshilanmasa, sportchiga turnirda ishtirok etish uchun ruxsat berilmasligini malum qilishgan. Bunday holatda Jastin Getjining o'rnini Arman Carukyan egallashi aytilmoqda. Hozircha bu xabar tashkilot tomonidan tasdiqlanmadi.
Getji va Pimblett o'rtasidagi jang engil vazn toifasidagi UFC Interim kamari uchun bo'lib o'tadi.

Havola :
Manba : Upfront MMA
Fikrlar