So’nggi yangiliklar

15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0

30 apr 16:52
Yangiliklar

Futbol

Anchelottidan "Real" ham, Braziliya federaciyasi ham norozi

"Real" ham, Braziliya terma jamoasi ham Karlo Anchelottidan norozi.

"Real" bosh murabbiyi Braziliya terma jamoasiga tayinlanishga yaqin edi, biroq kelishuv buzildi va endi italiyalik mutaxassis Saudiya Arabistonidan taklifni ko'rib chiqmoqda.  

Relevo xabariga ko'ra, 29 aprel kuni tushdan keyin Anchelotti Braziliya futbol konfederaciyasiga (CBF) "Madrid" uni iyun oyida qo'yib yubormasligini malum qilgan. Mutaxassis braziliyaliklar bilan aynan iyun oyidan ish boshlashni kelishib qo'ygan edi.

"Real" 65 yoshli mutaxassisni AQSHda klublar o'rtasida boshlanadigan jahon chempionatigacha (KJCH) qo'yib yubormaslikka qaror qildi. Klub shartnomaning so'nggi yili uchun 11 mln evro tovon puli to'lamasdan bunga tayyor edi. Aytilishicha, Anchelotti ushbu summani olishni xohlagan. Bu muzokaralarning buzilishiga asosiy sabablardan biri bo'ldi.  

Braziliyada Karloning 26 may kuni Rio-de-Janeyroga kelishi va Ekvador (4 iyun) va Paragvay (9 iyun)ga qarshi o'yinlar uchun tarkibni elon qilishi rejalashtirilgan edi. Barcha narsa, jumladan, 2026 yilgi JCHgacha bo'lgan shartnoma kelishilgandi. Endi bu kelishuv deyarli amalga oshmaydi va CBF Jorje Jezushni tayinlashni ko'rib chiqmoqda.  

Anchelottining bu vaziyatdagi xatti-harakatlaridan "Real" ham, Braziliya ham norozi. CBF kelishuv buzilganidan, "Madrid" esa murabbiyning braziliyaliklar bilan muzokaralar olib borgani (garchi Karlo klubdan ruxsat so'ragan bo'lsa-da) va braziliyaliklar bilan suhbat tufayli "Real"dagi bir yig'ilishga bir marta kechikib kelganidan norozi.  

Eslatib o'tamiz, avvalroq "qaymoqraglilar" "Bayer"dan Xabi Alonsoni bosh murabbiylikka taklif qilish niyatida ekani xabar qilingan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing