So’nggi yangiliklar

19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0

14 iyu 22:13
Yangiliklar

Futbol, Bolalar sporti

Andijon futbol akademiyasida munosib sharoitlar yaratilyapti

Teglar :  AndijonAkademiya
Andijonda sportning bir nechta turi bo'yicha o'ziga xos maktab yaratilgan.

Andijon boks maktabining dovrug'i dunyoga yoyilgan. Muhammadqodir Abdullaev, Ruslan CHagaev kabi charm qo'lqop ustalari bu zamindan ko'p etishib chiqqan. Bundan tashqari, “Andijanka” chim xokkey, keyin esa futbolchi qizlar jamoalari haqida ham faqat iliq fikrlar aytish mumkin. SHuningdek, andijonlik belbog'li kurash ustalarining respublika va xalqaro maydonlardagi yutuqlari zalvorli. 

Quvonchlisi, so'nggi yillarda yurtimiz sport ixlosmandlari endi andijonlik futbolchilarning ham zafarli yurishlarini etirof eta boshlashdi. 2023 yilgi futbol bo'yicha O'zbekiston Superligasining 1-turida “Andijon” Qarshi shahrida mehmon bo'lib, “Nasaf”ni 1:0 hisobida mag'lub etganida ko'pchilik buni tasodifga yo'ydi. CHempionatning ikkinchi davrasida Andijonda o'tgan o'yinda yana “Nasaf” vodiyliklarni enga olmadi. Hisob - 0:0. 

Futbol ishqibozlari “Andijon”ning shov-shuvli yurishi tasodif emasligiga ishona boshlashdi. Jamoa bu yil ham dongdor “Nasaf”dan ochko ola bildi. CHempionatda 1:1 o'ynagan bo'lsa, kubok bahslarida vodiyliklar 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qarshiliklarni musobaqadan chiqarib yubordi... 

Biz gapni bejiz uzoqdan boshlamadik. Rostdan, Andijon futbol bo'yicha ham o'z oldiga yuqori marralarni, yuksak maqsadlarni qo'yib, dadil odimlamoqda. Hatto bu yil jamoa mamlakat chempionatida malum muddat karvonboshilik ham qildi. Har bir o'yinda “Bobur arena”ning muxlislar bilan to'lishi anana tusiga kirgan. 

“Andijon” hoh safarda, hoh o'z uyida o'ynasin, maydonga faqat g'alaba uchun chiqayotgani qolgan jamoalarni xushyor tortishga majbur etmoqda. Sir emas, bir tekis o'yin ko'rsatish, medallar uchun kurashishda eng avvalo, mustahkam poydevor, yani, yaxshi futbolchilarni etishtirib beradigan bolalar futbol akademiyasi zarur bo'ladi. Bunday akademiya Andijonda bor. Yani, futbolsevar hududdagi akademiyaning shart-sharoitlari tubdan yaxshilanib, faoliyati yangi bosqichga ko'tarilyapti.  

Bu ijobiy jarayonlarni bevosita akademiya direktori SHavkat Mullajonovning izlanuvchanligi va fidoyiligi bilan bog'lash mumkin. 2024 yilning yanvarida O'zbekiston futbol Associaciyasi tomonidan Andijon viloyat futbol akademiyasi direktorligiga tayinlangan Mullajonov eng birinchi navbatda muassasaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga etibor qaratdi. 

Masalan, bugungi unda 154 nafar bola tahsil oladigan akademiyaga ikki qavatli yotoqxona qurilmoqda. Bundan tashqari, suniy qoplamali maydon ham rekonstrukciya qilindi. CHimli maydonlar maysasining sifati yaxshilandi. Bu o'z-o'zidan bo'lgani yo'q. 2024 yilning fevral oyida 90x45 o'lchamli ikkita maydonni tamirlashga kirishildi. Qudratli texnikalar maydonni tekisladi. Er qum, tuproq, mineral va mahalliy o'g'itlar bilan boyitildi.

Sug'orish tizimlari rekonstrukciya qilinib, eskirgan suv quvurlari yangilandi. Akademiya to'liq zarur sport anjomlari bilan taminlandi. Mashg'ulot va musobaqalar uchun sifatli sport liboslari olib kelindi. Viloyat futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoaning 1-ligada ishtiroki yo'lga qo'yildi. Eng muhimi, ishga yondashuv o'zgardi.

Savol tug'iladi, akademiyada kimlar mashg'ulot o'tkazmoqda? CHunki kadrlar masalasida ko'p gap bor.Ko'p yillar “Andijon”jamoasi sharafini himoya qilgan Farhodbek G'ofurov, Ibrohimjon Otaxonov, Islombek Ahmedov kabi sobiq futbolchilar o'z guruhlarida bosh murabbiylikka tayinlandi. Selekciya ishlari kuchaytirildi. 2006, 2007, 2008 yillarda tug'ilgan 35 nafar o'smir va yosh futbolchidan tashkil topgan jamoa 1-ligada omadini sinab ko'ryapti. Jamoaga Vitaliy Legay texnik direktor va Islombek Ahmedov bosh murabbiy sanaladi. 

Yana bir etiborli jihat, SHavkat Mullajonov o'z vaqtida respublikamizning “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Qizilqum”, “Metallurg”, “So'g'diyona”, “Neftchi”, “Buxoro” jamoalari, shuningdek, “Al Ahli, “Al Nasr”, “Liaoning FC” kabi xorij jamoalarida to'p surgan. Tajribali himoyachi O'zbekiston milliy terma jamoasi sharafini munosib himoya qilgani ishqibozlar yodida.  Etiborli tomoni, hozirgi “Andijon” klubining muvaffaqiyatlari ortida puxta ishlangan himoyaviy taktika va jamoaviy o'yin ustuvorligi ko'zga tashlanadi.

Yana bu yoqda viloyat futbol akademiyasiga sobiq mohir himoyachining rahbarlik qilishi... Bu o'xshashlik va bog'liqlikdan qanday mano angladingiz? Mening anglaganim shu bo'ldiki, endi akademiyadan bosh jamoa o'yin falsafasiga to'la mos tushadigan ko'plab iqtidorli o'yinchilar etishib chiqadi. Va andijonlik mohir himoyachilar tez orada mamlakat olimpiya va milliy terma jamoalari mudofaa qo'rg'onining asosiy figuralariga aylanishadi. 

Qisqacha aytganda, Andijonda SHavkat Mullajonov maktabi, mohir himoyachilar maktabi yaratiladi. Biz futbol akademiyasidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishish asnosida, yana charm to'p ustalarining mashg'ulotlarini kuzata turib, ana shunday xulosalarga keldik. SHuningdek, futbol ishqibozlari “Andijon” safida o'z to'purarlik mahoratini ko'rsatgan Baxtiyor Hamidullaevni yaxshi bilishadi. 

Qolaversa, yaqinda Qatar maydonlarida Parij-2024 Olimpiadasi hamda qita kubogi kumush medallarini qo'lga kiritgan, g'alabamizga muhim gollari bilan katta hissa qo'shgan  yarim himoyachi Alisher Odilov hamda himoyachi Odilbek Abdumajidov ham asl Andijon farzandlari. Bu ikki futbolchi izlanuvchan murabbiy Lochin Guldaevning topilmalari hisobalanadi. 

Ayni paytda akademiya murabbiylari barcha tuman va shaharlar bo'ylab, bolalar o'rtasida o'tadigan musobaqalarni diqqat bilan kuzatishmoqda. So'nggi yillarda har bir yosh toifasi bo'yicha o'tadigan respublika birinchiliklari va kubogi bahslarida yosh andijonliklar faolligi, g'alabalari qayd etilyapti. 

Demak, yangi tarix yozilmoqda. Endi andijonliklarning futbol maydonida ham o'z maktablari bo'ladi...Biz bunga ishonamiz.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing