07 dek 09:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Andijon hokimi MMAchilarga Spark va 100 mln. so'm pul berdi
Andijondagi olimpiya zahiralari maktab-internatida Besh tashabbus bilan kelajak sari shiori ostida o'tkazilgan tadbirda viloyat hokimi SHuhrat Abdurahmonov MMA jangchilarini mukofotladi.
Toshkentda ilk bor tashkil etilgan MMA (aralash jang) bo'yicha GFC 20 turnirida g'alaba qozongan andijonlik - Nursulton Ro'ziboev, Avliyoxon Hamidov va Axliddin Mirzadavlatovga «Spark» avtomobillari kalitini topshirdi.
Bundan tashqari, viloyat hokimi Nursulton Ro'ziboevga sport anjomlari uchun yuz million so'm naqd pul ko'rinishidagi sertifikatni ham sovg'a qilgan.
Havola :
Manba : xabar.uz
Fikrlar