14 noy 10:06
Yangiliklar
Dzyudo
Andijon shahrida o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati start olmoqda
Birozdan so'ng Andijon Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi zalida o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlanadi.
Mamlakat birinchiligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 687 (400 o'smir, 287 qiz) nafar yosh dzyudochilar medallar uchun bahs olib borishadi.
Bugun o'smirlar o'rtasida -50, -55, -60, qizlarda -40, -44 va -48 kg vazn toifalarida g'olib hamda sovrindorlar aniqlanadi. Saralash bellashuvlari soat 10:00da boshlanadi.
O'zbekiston chempionati boshlanishi oldidan murabbiylar va hakamlar uchun seminar o'tkazildi. Xalqaro toifadagi referi Vyacheslav Pereteyko seminar ishtirokchilariga tegishli ko'rsatmalarni berdi.







Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
11:09
Kurash bo'yicha O'zbekiston chempionatining ikkinchi kungi g'olib va sovrindorlari aniqlandi 0
Fikrlar