So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

26 dek 08:34
Yangiliklar

Tadbirlar

Andijonda sportning rivojlanish holati ishchi guruh etiborida

Avval malum qilganimizdek, shu kunlarda hududlar bo'ylab sport infratuzilmasi va sohaning rivojlanish holatini o'rganish bo'yicha ish olib borilmoqda.

Sport vazirligi va MOQ mutasaddilarining navbatdagi manzili Andijon viloyati bo'ldi. Rasmiylarga viloyat hokimi SHuhratbek Abduraxmanov hamrohlik qildi.

Dastlab ishchi guruh Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasiga tashrif buyurdi. Butkul yangicha qiyofa ochgan arena joriy yil futzal bo'yicha jahon chempionatining 8 ta uchrashuviga mezbonlik qildi. Hozirgi kunda majmuada jamoaviy sport turlari bilan shug'ullanish uchun qulay imkoniyat mavjud. Mutasaddilar o'rganish ishlari davomida mazkur jihatni ham inobatga olgan holda yirik musobaqalarga tayyorgarlik ko'rishda ushbu arena imkoniyatlaridan foydalanish, qolaversa, unda Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarni o'tkazish borasidagi takliflarni ilgari surishdi. Bundan tashqari, Baliqchi va Asaka tumanlaridagi BO'SM va IBO'SMlarning ham faoliyati o'rganildi.

SHundan so'ng viloyatdagi asosiy sport talim muassasasi bo'lgan Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi ishchi guruh etibor markazida bo'ldi. Rasmiylar markazda tahsil olayotgan yoshlarning dars jadvallari va ularga yaratilgan sharoitlar bilan batafsil tanishishdi. SHundan so'ng viloyat hokimligi, sport boshqarmasi hamda federaciyalarning hududiy vakillari bilan yig'ilish o'tkazildi. Unda Andijon boks maktabining shuhratini yanada yuksaltirish, bir paytlar viloyatda Sobiq Ittifoq miqyosida katta mavqega ega bo'lgan chim ustida xokkey sportini tiklash borasida ham so'z bordi.

Andijon viloyatining yangi Olimpiya sikliga tayyorgarlik rejasi tahlil qilingan ushbu suhbatda Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlariga hozirlik ko'rish borasida kompleks choralar muhokama qilindi. Yakunda hududiy vakillarning mavzu yuzasidan takliflari o'rganilib, oliy sportdagi natijalarni oshirish bo'yicha vazifalar belgilab olindi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing