So’nggi yangiliklar

16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0

03 okt 07:27
Yangiliklar

Bolalar sporti

Andijonda xalqaro talablarga javob beradigan “Universal” sport majmuasi barpo etilmoqda

Teglar :  AndijonUniversal
Andijon shahrida 2017-2022 yillarda Respublika byudjeti mablag'lari hisobidan Universal sport majmuasi qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 maydagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasining 2017 yilgi byudjetini va bolalar sporti obektlari, suzish havzalarini qurish, rekonstrukciya qilish va kapital tamirlash manzilli dasturini tasdiqlash to'g'risida»gi PQ–2961-sonli qaroriga asosan viloyatda Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan 2017 yilda Andijon shahridagi «Universal» sport majmuasining qurilishi boshlangan bo'lib, 2017 yilda ushbu obektdagi qurilish-montaj ishlari uchun manzilli dasturga 15 mlrd so'm mablag' yo'naltirilgan. Obektga «Xon» MCHJ korxonasi bosh pudratchi tashkilot etib belgilangan.

O'tgan 2017-2020 yillar mobaynida Andijon shahridagi «Universal» sport majmuasida jami 66,4 mlrd so'mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan.

SHuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 yanvardagi PQ–4565-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan investiciya dasturida «Universal» sport majmuasi qurilishi uchun 30 mlrd. so'm mablag' ajratilgan. Hozirda obektda qurilish-montaj ishlari davom etmoqda. Ushbu qaror ilovasiga asosan «Universal» sport majmuasi qurilishi 2017-2022 yillarda olib borilishi ko'zda tutilgan.

Hozirda obektning barcha etajlarida beton-monolit quyish ishlari oxiriga etkazilib, obektning tom qismini yopish uchun tayyor holga keltirilgan.

Sport majmuasi 6.3 gektar maydonni o'z ichiga oladi. Qolaversa, loyihaga asosan majmua jami 4000 tomoshabinga mo'ljallangan bo'lib, u sportning yakka kurash, badiiy gimnastika, boks, voleybol, gandbol, taekvondo hamda basketbol turlariga ixtisoslashgan. Loyiha doirasida 11x25m. o'lchamdagi suzish havzasi, tennis korti va 100 o'rinli oshxona qurilmoqda.

Ushbu sport majmuasi seysmik jihatdan 9 ballga javob beradi.

Hududda 200 avtomobilga mo'ljallangan avtoturargoh ham barpo etiladi.

Obektning tom qismini yig'ma metall konstrukciya bilan yopish bo'yicha barcha hisob-kitob ishlari amalga oshirilib, metall konstrukciya ishlab chiqaruvchi tashkilotga buyurtma berilgan. Mazkur obektni 2022 yil yakuniga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing