05 may 09:36
Yangiliklar
Boks/MMA, Dzyudo
Andijonlik yoshlar Diyora Keldiyorova va Hasanboy Do'smatovdan mahorat saboqlari olishdi + FOTOGALEREYA
Rasmiylar tashrif davomida “Universal” sport majmuasi, O'tkirbek Haydarov boks maktabi hamda shahardagi tennis maktabida bo'lishdi.
Jumladan, “Universal” sport majmuasida Andijon davlat universiteti talabalari uchun jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo'yicha sport sinovlariga start berish jarayonida qatnashib, talaba yoshlar bilan suhbatlashishdi.
Tadbir doirasida Olimpiada chempionlari Diyora Keldiyorova va Hasanboy Do'smatov ishtirokida mahorat saboqlari tashkil qilindi.
SHuningdek, tashrif davomida shahardagi sport muassasalarining infratuzilmasi, to'garaklar jadvali, mavjud sharoitlar bilan tanishib, ish samaradorligini oshirish bo'yicha zarur ko'rsatma va takliflar berildi.











Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar