07 avg 16:37
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/2496_220.jpg)
Andre Uord Brandni mag'lub etdi, endi navbat Kovalevga
AQSHning Kaliforniya shtati Oklend shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasida IBF chempionlik kamari uchun rasmiy davogar amerikalik Andre Uord kolumbiyalik Aleksandr Brandga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang 12 raund to'liq davom etdi va g'olib hakamlarning bergan bahosiga ko'ra aniqlandi. Uchchala hakam ham bir xil 120-108 hisobida Uordning g'alabasini taminlashdi.
Takidlash joiz, Andre Uord o'zining navbatdagi jangini 19 noyabr kuni o'tkazadi. U shu kuni yarim og'ir vazn toifasining WBA (Super), WBO (Super) hamda IBF yo'nalishlari chempioni rossiyalik Sergey Kovalevga qarshi ringga chiqadi.
Havola :
Fikrlar