14 fev 13:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Andre Uord sug'urta kompaniyasi bilan sudlashyapti
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Andre Uord Lloyds sug'urta kompaniyasini sudga berdi.
Gap shundaki, ushbu kompaniya bokschiga jarohati uchun belgilangan sug'urta pulini to'lashdan bosh tortgan. Uord 2016 yili rossiyalik Sergey Kovalyovga qarshi kechgan jangga tayyorgarlik ko'rish jarayonida tizzasidan jarohat olgandi.
Malumotda keltirilishicha, aynan o'sha jarohat sababli amerikalik sobiq jahon chempioni 2017 yili 33 yoshida faoliyatini yakunlashga majbur bo'lgan. Andre sug'urta kompaniyasidan 6,3 million dollar talab qilmoqda.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar