30 iyu 07:10
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/727_220.jpg)
Andre Uordning Aleksandr Brandga qarshi jangi rasman tasdiqlandi
Amerikalik 32 yoshli professional bokschi Andre Uord o'zining navbatdagi jangini 6 avgust kuni AQSHning Kaliforniya shtati Oklend shahrida o'tkazadigan bo'ldi.
Uordning raqibi kolumbiyalik 39 yoshli Aleksandr Brand bo'ladi. Bu bokschi o'z janglarini ikkinchi o'rta vazn toifasida o'tkazib kelmoqda. Roc Nation promouterlik kompaniyasi va HBO telekanali o'zaro ushbu jang o'tkazilishi rasman elon qildi.
Andrening asosiy jangi 19 noyabr kuniga belgilangan. U shu kuni yarim og'ir vazn toifasida WBA (Super), WBO hamda IBF yo'nalishlari chempioni rossiyalik Sergey Kovalevga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar