09 dek 10:52
Yangiliklar
Tennis
Andrey Rublyov 149-raketkaga yutqazib qo'ydi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tennis bo'yicha ko'rgazmali turnir davom etmoqda.
Kutilmaganda dunyoning sakkizinchi raketkasi Andrey Rublyov ATP reytingida 149-pog'onadan joy olgan shveycariyalik Sten Vavrinkaga 7/6(3), 2/6, tay-brekda 6-10 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Tajribali Vavrinka o'zaro uchrashuvlardagi ustunligini mustahkamlab oldi - 3:1. Bir soatu 34 daqiqa davom etgan bahsda Rublyov 3, Vavrinka 14 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Sten 1/2 finalda rossiyalik Daniil Medvedevga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar