02 iyu 08:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Antonio Margarito Saul Alvaresning akasi bilan jang qiladi
Professional boksning o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni meksikalik 38 yoshli Antonio Margarito o'zining navbatdagi jangini 13 avgust kuni o'tkazadigan bo'ldi.
Ushbu jang Meksikada bo'lib o'tadi va unda Margarito 29 yoshli Ramon Alvaresga qarshi ringga ko'tariladi. Ramon WBC yo'nalishi chempioni Saul “Kanelo” Alvaresning akasi hisoblanadi.
Margarito shu yilning mart oyida to'rt yillik tanaffusdan so'ng yana faoliyatini qayta tiklagandi. O'zining qaytish jangida u Xorxe Paesni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etgan edi.
Eslatib o'tamiz, meksikalik bokschi 2012 yili ketma-ket ikkita jangda boks yulduzlari Menni Pakyao va Migel Kottodan mag'lub bo'lgach, boksdat ketganligini elon qilgandi.
Havola :
Fikrlar