06 may 08:29
Yangiliklar

Anvar Anvarov "Brilliant liga"ning SHanxaydagi bosqichida mavsumdagi eng yaxshi natijasini ko'rsatdi
Musobaqaning erkaklar o'rtasidagi uzunlikka sakrash bahslarida O'zbekiston terma jamoasi azosi, Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Anvar Anvarov ham qatnashdi.
24 yoshli sportchimizning to'rtta urinishdagi eng yuqori ko'rsatkichi 7,97 metr bo'ldi. Beshinchi urinish muvaffaqiyatsiz chiqdi. Bu Anvarov uchun joriy mavsumdagi eng yaxshi natija bo'ldi. Yakunda Anvar SHanxaydagi bosqichni oltinchi o'rinda yakunladi.
Xitoyning boshqa bir shahri — Syamindagi ilk bosqichida 8,18 m natija bilan g'olib bo'lgan mezbon yurt vakili Minkum CHjan muvaffaqiyatsiz birinchi urinishdan so'ng musobaqadan chiqdi. CHjan yo'q bo'lsa-da, yuqori ikki o'rinni boshqa xitoylik sportchilar qo'lga kiritdi. 8,21 m natija bilan 2023 yilgi Osiyo o'yinlari bronza medali sovrindori Yuxay SHi g'olib bo'ldi. 2023 yilgi o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempioni Xen SHu esa ikkinchi natijani ko'rsatdi – 8,18 m.
2023 yilgi jahon chempionati va 2024 yilgi Parij Olimpiadasining kumush medali sovrindori, yamaykalik Ueyn Pinnok 8,10 metrga sakrash bilan uchinchi bo'ldi.
To'liq natijalar:
Fikrlar