08 fev 16:58
Yangiliklar
APL klublari agar moliyaviy qonunbuzarliklar isbotlansa, "Man Siti"ni ligadan chetlatishlarini istamoqda
"Manchester Siti"ning moliyaviy qoidabuzarliklari bo'yicha APL klublarining poziciyasi malum bo'ldi.
"Sky Sports" xabariga ko'ra, ko'plab klublar "Manchester Siti" 9 mavsum davomida moliyaviy qoidalarni buzganlikda aybdor deb topilsa, APLdan chetlatilishini xohlamoqda. "Manchester Siti"ning aybi isbotlangan taqdirda, ularga nisbatan hamdardlik bildirilmaydi.
"Katta oltilik" deb ataladigan klublar "Man Siti" bilan bog'liq masalaga alohida etibor qaratmoqda. Oltilikka "Siti"dan tashqari "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Arsenal", "CHelsi" va "Tottenxem" kiradi.
Qayd etilishicha, jazo sifatida "Man Siti"ni sovrinlardan mahrum qilishdan mano yo'q. APLdagilarning fikricha, bu keraksiz chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Jarima barcha mumkin bo'lgan jazo usullaridan eng kam samara keltiradigani hisoblanadi.
Malumot o'rnida, "Manchester Siti" so'nggi 11 yil ichida 6 marta APL chempionligini qo'lga kiritgan.
Fikrlar