03 sen 20:14
Yangiliklar
Futbol

AQSH - O'zbekiston uchrashuvi chiptalari qanchadan sotilmoqda?
Sentyabr oyidagi FIFA kunlarida O'zbekiston MTJ AQSHda yig'in o'tkazgan holda mezbon AQSH va Meksika terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishidan xabaringiz bor.
9 sentyabr sanasida bo'lib o'tadigan AQSH va O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuvi chiptalari Ticketmaster onlayn platformasi orqali sotilmoqda.
Unda eng arzon chiptani (bir kishi uchun) 40 AQSH dollari, eng qimmatini esa 175 AQSH dollariga sotib olish mumkin.
Eslatib o'tamiz, mazkur bahs "Siti Park" stadionida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar