22 mar 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA

AQSH yoki Dubay? Bahodir Jalolov navbatdagi jangi haqidagi savolga javob berdi
Bokschimiz Bahodir Jalolov navbatdagi jangini qaerda o'tkazishi haqidagi savolga javob berdi.
"Probellum" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma tuzganman. Dubay yoki AQSHmi, farqi yo'q. Asosiy ishim endilikda "Probellum" kompaniyasi bilan bo'ladi, kompaniya tomonidan yaxshi sharoitlar yaratib bermoqda.
Ular chempionlik jangigacha olib chiqishga vada berishdi. Barchasi o'z qo'limizda.
Olimpiada? Barchasini vaqt ko'rsatadi. Ungacha nima bo'lishini bilmayman. Agar prezidentimiz, rahbariyat istasa albatta boraman. Jang qilishdan charchamayman. Sportga yarim yo'lda tashlab ketish uchun emas, chempion bo'lish uchun kelganmiz", - dedi Bahodir Jalolov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar