30 noy 08:03
Yangiliklar
AQSHda og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati boshlandi
Dunyoning yuzdan ziyod davlatidan eng sara atletlar ishtirok etadigan yilning eng nufuzli musobasida O'zbekiston terma jamoasi polvonlari ham o'z mahoratlarini namoyish etishadi. Anaxaymda 10 nafar sportchimiz (8 nafari erkaklar, 2 nafari ayollar) supachaga chiqadi.
Rio Olimpiadasidan so'ng birorta ham musobaqada chiqish qilmagan Olimpiada chempioni va rekordchisi Ruslan Nuriddinov AQSHdagi jahon chempionatida ishtirok etmaydi. Ruslan dekabr oyidangina mashg'ulotlarni boshlaydi.
Terma jamoamiz delegaciyasi 26 noyabr kuni okean ortiga jo'nab ketgan edi. Biz esa dunyoning eng sara atletlari ishtirokida bo'lib o'tadigan musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz bilan tanishtirib o'tamiz.
O'zbekiston terma jamoasi tarkibi quyidagicha ko'rinish olgan:
-62kg: Adham Ergashev
-69kg: Doston Yokubov
-77kg: SHahzod Xudoyberganov
-85kg: Ulug'bek Alimov
-94kg: Farhod Sobirov
-105kg: Akbar Jo'raev
-105kg: Ivan Efremov
+105kg: Rustam Jangabaev
Qizlar:
-58kg: Muattar Nabieva
-75kg: Omadoy Otaqo'zieva
Fikrlar