12 noy 23:07
Yangiliklar
Ar-Riyod-2025. Musobaqaning beshinchi kunidan keyin medallar jamg'arish reytingidagi o'rnimiz qanday?
Bugun kun davomida o'zbekistonlik sportchilar og'ir atletika, karate, muay-tay va suzish bahslarida ishtirok etib, yakunda 5 ta oltin va 5 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Ayni damda O'zbekiston hisobida 15 ta oltin, 15 ta kumush va 12 ta bronza medallari mavjud. Delegaciyamiz medallar jamg'arish reytingida hamon ikkinchilikni o'zida saqlab kelmoqda. Turkiya esa 51 ta oltin, 24 ta kumush va 16 ta bronza bilan o'z peshqadamligini davom ettirmoqda.
Medallar jamg'arish reytingi kuchli 10 taligi:

Bugungi g'olib va sovrindorlarimiz ro'yxati:
Oltin:
3 ta: Akbar Jo'raev (og'ir atletika, 110 kg)
Ilya Sibircev (suzish, 400 m masofaga erkin usulda)
Eldorbek Usmonov (suzish, 100 m masofaga batterflyay usulida).
Bronza:
3 ta: Tursunoy Jabborova (og'ir atletika, +86 kg)
SHarofiddin Amriddinov (og'ir atletika, +110 kg)
Ilya Sibircev, Eldorbek Usmonov, Mixail Kleshko, Muhammadsodiq Maqsudov (suzish, 4x100m erkin usulda).
Fikrlar