02 avg 13:36
Yangiliklar
Tennis, Tokio-2020
Aralash juftlikda Tokio-2020 chempionlari malum + FOTO
Tokio-2020 tennis musobaqasining aralash juftlik bahslarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi.
Olimpiada oltin medallari rossiyalik tennischilar - Anastasiya Pavlyuchenkova va Andrey Rublyovga nasib etdi. Ular hal qiluvchi final uchrashuvida hamyurtlari Elena Vesnina hamda Aslan Karacev juftligini mag'lub etishdi - 6/3, 6/7(5), 13:11.
Sof ruscha final 1 soatu 53 daqiqa davom etdi. Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medallari avstraliyalik tennischilar - Eshli Barti va Jon Pirsga nasib etdi. Ular Novak Jokovichning kortga chiqishdan bosh tortgani uchun kurashsiz bronza medallariga ega chiqishdi.
Malumot uchun, bu Elena Vesnina uchun ikkinchi Olimpiada oltin medali. U Rio-2016 Olimpiadasining juftliklar bahslarida ham chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar