So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

11 apr 11:01
Yangiliklar

Og'ir atletika

Argentina Olimpiadasiga licenziyalarini birinchi bo'lib og'ir atletikachilarimiz qo'lga kiritishdi

Xabar berib o'tganimizdek, 4-10 aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Nufuzli musobaqaning so'nggi kunida o'g'il bolalar o'rtasida 94 kg vazn toifasida chiqish qilgan Saidmuhtor Saidaxrorov va Aleksandr Li mos ravishda kushush va bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

Aleksandr Li dast ko'tarishda 138, siltab ko'tarishda 173 kg og'irlikni bo'ysindirib yakunda 311 kg natijasi bilan uchta bronza medaliga ega bo'ldi. Saidmuhtor esa dast ko'tarishda 130 kg tosh ko'tarib 8-natijani qayd etdi, ammo siltab ko'tarishda 175 kg og'irglikni zabt etib kumush medal sohibiga aylandi.

Uning umumiy natijasi 305 kg.ni tashkil etdi va u ushbu ko'rsatkich evaziga 4-o'rinni egalladi. Demak guvohi bo'lganingizdek, ushbu vazn toifasida siltab ko'tarish bo'yicha kumush va bronza medallari yurtimiz sportchilariga nasib etdi. Eng muhimi har ikkala sportchimiz birgalikda terma jamoamiz uchun muhim 48 ochkoni taqdim etishdi.

Bundan avvalroq qizlarimizdan Kumushxon Fayzullaeva bronza, Gulnoza Ahmadova esa kumush medaliga loyiq ko'rilishgandi. Natijada umumjamoa hisobida qizlar terma jamoamiz jahon chempionatini Xitoy va Qozog'iston terma jamoalaridan so'ng kuchli uchlikda yakunlab o'smirlar Olimpiya o'yinlarining 2 ta licenziyasiga ega bo'lishdi. Darvoqe, qizlarimizning muvvafaqiyatli ishtirokida Dolera Davronovaning ham salmoqli ulushi bor. Kecha, jahon chempionatining so'nggi kunida chiqish qilgan Dolera +75 kg vazn toifasida ettinchi o'rinni egallagan bo'lsada, terma jamoamiz uchun qimmatli 19 ochkoni taqdim etdi.

O'smirlarimiz esa faqatgina bitta licenziya bilan cheklanishdi, boisi kuchli ettilikka kirish uchun ularga birgina ochko kamlik qildi. Reglamentga ko'ra faqatgina 1-7 o'rinlarni egallagan terma jamoalarga o'smirlar Olimpiya o'yinlariga 2 ta licenziya berilishi, 8-17 o'rin sohiblariga esa bittadan licenziya ajratilishi belgilab qo'yilgandi.


O'g'il bolalar o'rtasida dastlabki etti o'rinni Xitoy, Qozog'iston, Eron, Turkiya, AQSH, Rossiya va Tailand terma jamoalari band etishdi. O'zbekiston terma jamoasi esa umumjamoa hisobida sakkizinchi bo'ldi. Ammo shunga qaramay, maksimal 4 ta licenziya berilishi lozim bo'lgan musobaqada og'ir atletikachilarimiz tomonidan 3 ta yo'llanmaning qo'lga kiritilishi maqtovgasazovordir. Endi hamyurtlarimiz bor etiborlarini kelasi yili Argentina mezbonlik qiladigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rishga qaratishadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing