20 iyu 16:11
Yangiliklar
Tennis

Arina Sobolenko 1/4 finalga chiqdi
Dunyoning birinchi raqamli tennis malikasi Arina Sobolenko Berlinda davom etayotgan nufuzli WTA turnirining chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Belaruslik tennischi ikkinchi davrada WTA reytingida 112-pog'onada borayotgan shveycariyalik Rebeka Masharovani taslim etdi - 6/2, 7/6(6). Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Bir soatu 53 daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 5, Masharova 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Arina ikkinchi setda 2/4 hisobida yutqazayotgan vaziyatidan chiqib keta oldi. Endi u 1/4 finalda qozog'istonlik Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar