04 jan 12:34
Yangiliklar
Tennis
Arina Sobolenko Brisben turnirida 1/2 finalga chiqdi
Avstraliyaning Brisben shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha WTA turniri o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Arina Sobolenko 1/4 finalda WTA reytingining 44-pog'onasida borayotgan chexiyalik Mari Buzkovani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/4. Arina tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida oldinga chiqib oldi - 2:1.
Bir yuz besh daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 6, Buzkova 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Breyklar bo'yicha ustunlik belaruslik tomonida bo'ldi - 3 ga 1. Endi u Brisbane International final chiptasi uchun rossiyalik iqtidor egasi Mirra Andreevaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar