23 jan 16:41
Yangiliklar
Tennis
Arina Sobolenko ketma-ket uchinchi marotaba Australian Open finaliga yo'l oldi
Dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko Avstraliya Ochiq chempionati finaliga yo'l oldi.
U yarim finalda ispaniyalik Paula Badosaga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 27 daqiqa davom etgan o'yinda Sobolenko 6:4, 6:2 hisoblarida g'alabaga erishdi.
Bu Sobolenko uchun Avstraliya Ochiq chempionatidagi ketma-ket uchinchi final hisolanadi. Bungacha u ikkita finalda ham g'alabaga erishgan.
Endi u finalda Kiz - Svyontek uchrashuvi g'olibasiga qarshi o'ynaydi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar